Shveysariya Kanada ustidan qozonilgan g‘alaba bilan pley-offga chiqdi
Sport
−
25 Iyun 2931 1 daqiqa
Bugun, 25 iyun kuni Shveysariya terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining uchinchi turida Kanada ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, Shveysariya “B” guruhi yetakchi sifatida pley-offga yo‘l oldi.
Vankuver shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijasi har ikki jamoaning pley-off bosqichiga chiqishini ta’minladi.
Shveysariya safida Ruben Vargas 46-daqiqada, Joan Manzambi esa 57-daqiqada gol urdi. Kanadaliklar tomonidan Promis Devid 76-daqiqada javob to‘pini kiritdi.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Shveysariya 7 ochko bilan “B” guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Kanada 4 ochko jamg‘arib, ikkinchi pog‘onadan pley-offga yo‘l oldi. Bu Kanada terma jamoasi tarixida Jahon chempionati pley-off bosqichiga ilk bor chiqishi bo‘ldi.
1/16 finalda Shveysariya guruhda uchinchi o‘rinni egallab, pley-offga chiqqan jamoalardan biriga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv joriy yilning 3 iyul kuni Vankuverda o‘tkaziladi.
Kanada esa “A” guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa bilan bahs olib boradi. Ularning 1/16 final doirasidagi uchrashuvi 28 iyun kuni AQSHning Inglvud shahrida bo‘lib o‘tadi. “A” guruhida ikkinchi o‘rin uchun Koreya Respublikasi, Chexiya va Janubiy Afrika terma jamoalari kurash olib bormoqda.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr