Shvetsiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Olam
−
26 aprel 2022
3243Bugun, 26 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Shvetsiya Qirolligining Favqulodda va Muxtor elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida joylashgan) etib tayinlangan Tomas Danestadni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Shvetsiya kun tartibi hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni faollashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan.
O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari ishonch yorliqlarini qabul qilib olar ekan, elchini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, unga mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.
LiveBarchasi