Shavkat Mirziyoyev Shvetsiya Qirolini tabrikladi
Jamiyat
−
30 aprel 2019
3189O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustavni Shvetsiya milliy bayrami – Qirol tavalludi kuni bilan tabrikladi.
Qirol tavalludi kuni – Shvetsiyadagi asosiy va mashhur bayram. Muhimi bu nomigagina emas, balki real bayramdir. Shved davlati ramzi tug‘ilgan kunida Qirollik saroyi oldida to‘plangan odamlar orasiga kirib boradi. O‘sha kuni har kim Qirolga o‘zi istagan sovg‘ani berishiga imkon yaratiladi.
Bayram kuni Stokgolm markazida parad va bayram tadbirlari o‘tkaziladi. Bugun Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustav 73 yoshga to‘ldi.
LiveBarchasi