Shvetsiyadan 21 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi (video)
Jamiyat
−
13:45 1217 1 daqiqa
Kecha, 11 fevral kuni kechki payt bortida 21 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan charter reys Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar Shvetsiyaga belgilangan tartib-qoidani buzgan holda kirib, mamlakat hududida migratsiya qonunchiligi talablariga rioya qilmasdan yurgan.
Parvozni tashkil etish O‘zbekiston va Shvetsiya vakolatli organlarining muvofiqlashtirilgan hamkorligi natijasida amalga oshirilgan. 11 fevral kuni charter reys orqali 21 kishi O‘zbekistonga qaytarilgan.
Toshkentga yetib kelgan yo‘lovchilarni Tashqi ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar vakillari kutib olgan. Fuqarolar vatanga qaytishda ko‘rsatgan yordami va qo‘llab-quvvatlashi uchun mamlakat rahbariyati va mutasaddi idoralarga minnatdorlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq migrant O‘zbekistonning Budapesht shahridagi elchixonasi tomonidan Xorvatiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida borib, firibgarlar tuzog‘iga tushib qolgan o‘zbekistonliklar ortga qaytarilgani haqida xabar berilgandi.
Javohir Aliqulov