Shvetsiya ukrainalik uchuvchilarga qiruvchi samolyotlarda uchishni o‘rgatadi
Olam
−
25 may 2023
2982Ukrainalik uchuvchilar Shvetsiyaning JAS 39 Gripen qiruvchi samolyotlarida o‘quv parvozlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda bugun, 25 may kuni Shvetsiya Mudofaa vaziri Pol Yonson TV4 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Yonsonning aniqlik kiritishicha, Shvetsiyada mavjud bo‘lgan samolyotlar mamlakatning o‘ziga kerak, shuning uchun ularni Ukrainaga jo‘natishning hozircha imkoni yo‘q. Biroq uning aytishicha, mazkur mashg‘ulotlarni Ukrainaning shved qiruvchi samolyotlarini sotib olishiga qaratilgan birinchi qadami sifatida ko‘rish mumkin.
Aytish joizki, Kiyev bir necha bor Shvetsiyadan JAS 39 Gripen qiruvchilarini so‘ragan.
Ma’lumot uchun, ayni damda Shvetsiya Mudofaa vaziri Pol Yonson va Fuqarolik mudofaa vaziri Karl-Oskar Bolin Ukrainada bo‘lib turibdi. Ular Shvetsiya harbiy texnikasidan allaqachon foydalanayotgan harbiy qismlarga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Vashington ukrainalik uchuvchilarni to‘rtinchi avlod qiruvchi samolyotlarida, jumladan F-16 samolyotlarida o‘qitishga rozi bo‘lgandi. Shuningdek, Kiyev G‘arb davlatlaridan 40 dan 50 tagacha F-16 qiruvchi samolyotlarini olishni kutayotgani aytilgandi.
LiveBarchasi