Shvetsiya Ukrainaga 1,2 mlrd dollarlik harbiy yordamni e’lon qildi

Olam

image

Shvetsiya Mudofaa vaziri Pol Yonson Ukrainaga umumiy qiymati 1,23 milliard AQSH dollari bo‘lgan yordam paketini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining X'dagi sahifasida bayonot berdi.

Unga ko‘ra, bu Rossiya bosqini boshlanganidan beri Stokgolm tomonidan berilgan 18-yordam paketi bo‘lib, mablag‘ miqdori bo‘yicha eng kattasi hisoblanadi.

Yonsonga ko‘ra, taxminan 90 million dollar Shvetsiya tomonidan Ukrainaning o‘zida uzoq masofaga uchuvchi raketa va dronlar ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. (Bungacha Daniya ham shunday investitsiyalar haqida e’lon qilgan.)

Yordam paketining chorak qismi Shvetsiya armiyasi zaxiralaridan ajratilgan qurollardan iborat bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:

  • 16 ta harbiy kater (avval yetkazib berilgan 16 ta katerdan tashqari);
  • 1 500 ta tankka qarshi raketa;
  • 200 ta AT4 granatomyoti.

Bundan tashqari, Moldovaga ham ushbu granatomyotlardan yuborilishi rejalashtirilgan, biroq ularning aniq soni oshkor qilinmagan.

“Yordamning 45 foizi yoki 534 million dollari Shvetsiya va Yevropada Ukrainaga mo‘ljallangan yangi qurollarni ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. Bu borada Shvetsiya hukumati hozirda qurol yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib bormoqda”, deydi vazir.

Unga ko‘ra, ustuvor yo‘nalishlar – artilleriya, dronlar va uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollar bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldovadagi ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 148 million yevro gumanitar yordam ajratgan edi. 140 million yevro mablag‘ Ukrainadagi gumanitar loyihalarga yo‘naltiriladi. Xususan, pullar oziq-ovqat, boshpana, toza suv, sog‘liqni saqlash va qishki sharoitda himoya kabi favqulodda yordamga sarflanadi. Asosiy e’tibor sharqiy va janubiy Ukrainadagi mojarodan zarar ko‘rgan hududlardagi zaif aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Qolgan 8 million yevro esa Moldovadagi gumanitar loyihalarga – ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Shvetsiya harbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing