Shveysariyada ilk bor “suiqasd kapsulasi” qo‘llandi. Holat bo‘yicha 4 kishi hibsga olindi (video)

Olam

image

Shveysariyaning Shaffxauzen kantoni prokuraturasi Sarco deb atalmish “o‘z joniga qasd qilish kapsulasi” birinchi marta qo‘llanilganidan keyin “o‘z joniga qasd qilishga undash va unga ko‘mak berish” ayblovi bo‘yicha jinoiy ish ochdi va bir necha kishini hibsga oldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

“Sarco kapsulasi ilk bor Shaffxauzenda qo‘llanildi... Kanton prokuraturasi “o‘z joniga qasd qilishga undash va unga ko‘mak berish” ayblovi bilan bir necha kishiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi”, deb yozadi nashr.

Kapsula “The Last Resort” guruhiga tegishli bo‘lib, uning vakili vafot etgan shaxs  jiddiy immunitet tizimi muammolaridan aziyat chekkan 64 yoshli amerikalik ayol ekanini ma’lum qildi.

“The Last Resort” prezidentlaridan biri Florian Uillet ayol o‘z joniga qasd qilgan paytda uning yonida turgan yagona shaxs bo‘lgan. Ushbu voqea bilan bog‘liq bo‘lgan to‘rt kishi, shu jumladan, bir gollandiyalik jurnalist va ikki shveysariyalik shaxs hibsga olingan.

“The Last Resort” tomonidan chiqarilgan bayonotda Uillet bu o‘limni “tinch, tez va sha’nli” deb ta’riflagan.

Ma’lumot uchun, Sarco kapsulasi plastmassadan tayyorlangan bo‘lib, uning ichiga azot bilan to‘ldirilgan mexanizm joylashtirilgan. O‘lim kislorod yetishmasligi sabab yuzaga keladigan gipoksiya va gipokapniyadan so‘ng sodir bo‘ladi. U avstraliyalik shifokor Filip Nichke tomonidan ixtiro qilingan.

Kapsula Shveysariyada media e’tibor markaziga tushgan hamda hukumat vakillari orasida undan foydalanishga ruxsat berish bo‘yicha munozaralarni keltirib chiqargan.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Elizabet Bom-Shnayder 23 sentyabr kuni kapsula mahsulot xavfsizligi bo‘yicha qonunga mos kelmasligini, xususan, uning azotdan foydalanishi noqonuniy ekanini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shvetsariya suiqasd kapsulasi Shaffxauzen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing