Shushadan 17 kishining ommaviy qabri topildi

Olam

image

Qariyb o‘ttiz yillik mustamlakadan so‘ng Ozarbayjon nazoratiga o‘tgan Qorabog‘ viloyatining Shusha shahrida yana bir ommaviy qabr topildi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.  

Shusha qamoqxonasi hududida 1-15 avgust kunlari olib borilgan qazish ishlari natijasida Birinchi Qorabog‘ urushi paytida halok bo‘lgan 17 nafar Ozarbayjon fuqarosi jasadlari topilgan. 

Ayni paytda ommaviy qabr hududida vakolatli muassasalar, jumladan, Harbiy asirlar, garovga olingan va bedarak yo‘qolgan fuqarolar bo‘yicha davlat komissiyasi xodimlari faoliyat olib bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyun oyida Shusha qamoqxonasi hududidan ommaviy qabr topilgan edi. Shu kungacha Ozarbayjonning ozod qilingan hududlarida Ag‘dam, Shusha, Xo‘javand, Xo‘jayli, Fuzuliy va Kalbajar viloyatlarida ommaviy qabrlar topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog' Shusha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing