Shuncha bo‘lurmi hay-hay?! Rossiyaga nisbatan sanksiyalar miqdori ochiqlandi

Olam

image

Rossiyaga qarshi qo‘yilgan jami cheklovlar soni 6 000 dan oshdi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qildi. 

“Pandemiya davrida ham mamlakatimizga tashqi bosim bir kunga ham zaiflashmadi. Biroq, bu yil yangi sanksiyalar soni  misli ko‘rilmagan miqyosda. Cheklovlar boshqa biror mamlakatga kiritilgan sanksiyalardan ancha ko‘p. Ular olti mingdan oshib ketdi”, deydi Mishustin. 

Bosh vazirga ko‘ra, sanksiyalar nafaqat Rossiyaga, balki barcha ruslarga qarshi qaratilgan. 

“Eski hamkorlarimiz kim tezroq cheklovlar kiritish bo‘yicha poyga o‘ynadilar. Ularni deyarli har kuni kiritildi. Maqsadlari faqatgina vahima qo‘zg‘atish va zarba berish edi”, deydi Mishustin. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchilardan bo‘lib moliya tizimiga zarba berilgan. Do‘stona munosabatda bo‘lmagan davlatlar aktivlarni muzlatish orqali mamlakatni talon-taroj qilgan. 

Bosh vazir bunday sanksiyalar, hatto, sovuq urushning eng qora yillarida ham qo‘llanilmaganini urg‘uladi. 

"Ularning maqsadi bizni yillar yoki hatto o‘nlab yillar orqaga qaytarish, dunyo davlatlaridan ajratib qo‘yish. Rossiyani istiqbolli iqtisodiy va ijtimoiy loyihalardan voz kechishga majburlash, fuqarolarimizning turmush darajasiga zarba berish”, deydi Mishustin.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1174

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing