“Shum bola” qissasi dunyo bolalar adabiyoti yuztaligiga kirdi

Madaniyat-san’at

image

G‘afur G‘ulomning "Shum bola" asari eng yaxshi bolalar adabiyotining top 100 taligiga kiritildi. Bu haqda "BBC Culture" nashri xabar berdi. Aytilishicha, 1 iyun – Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan 100 ta eng yaxshi bolalar adabiyoti ro‘yxati tuzilgan.

Unga ko‘ra, nashr tomonidan taqdim qilingan ro‘yxatning yuqori o‘rinlaridan Lyuis Kerrolning "Alisa mo‘’jizalar mamlakatida", Astrid Lindgrenning "Kichkintoy va tomda yashaydigan Karlson", Antuan de Sent-Ekzyuperining "Kichik shahzoda" asarlari va boshqa adabiyotlar o‘rin olgan.

Shuningdek, nashr 56 ta mamlakatdan 177 nafar yozuvchi, illyustrator, jurnalist va olimlar o‘rtasida barcha davrlardagi eng yaxshi bolalar kitoblari bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi. So‘rovda har bir respondent 10 ta eng sevimli kitob nomini ketma-ketlikda baholagan. Ekspertlar baholarni umumlashtirishda 10 ballik tizimdan foydalanib, eng yuqori ball to‘plagan adabiyotlar tartibi bo‘yicha top 100 talik kitoblar nomini taqdim qildi.

E’tiborli jihati, o‘zbek adabiyotining yetakchi namoyandalaridan biri G‘afur G‘ulomning "Shum bola" asari ham ushbu top 100 talikdan o‘rin olgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shum bola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing