Mashhur “Shum bola” filmi rejissyori vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbek milliy kinosining darg‘alaridan biri, mashhur rejissor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Damir Salimov 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi xabar bermoqda.

Bir qator mashhur kino asarlar va multfilmlar ijodkori, iste’dodli kinorejissyor va kinooperator Damir Salimov “Shum bola”, “Leningradliklar-jigarbandlarim mening”, “Tog‘lar chorlaydi” kabi filmlari bilan o‘zbek kino ixlosmandlariga mashhur edi.

U 1937 yilda Samarqandda tavallud topgan. U Umumittifoq Kinomatografiya institutining rejissorlik fakultetini tugatib, 1959 yildan boshlab “O‘zbekfilm” kinostudiyasida o‘z faoliyatini boshlagan edi.

QALAMPIR.UZ tahririyati Damir Salimovning vafoti munosabati bilan rejissorning oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Damir Salimov Shum bola

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing