Shukurjon Aminova “Katta dubulg‘a” turnirining chempioni bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 27 fevral kuni Toshkentda dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri start oldi. Dastlabki kunda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shukurjon Aminova musobaqasining oltin medaliga ega chiqdi.

Ayollar o‘rtasida -57 kg vazn toifasida kechgan final bellashuvda Shukurjon Aminova yaponiyalik Mio Shirakaneni mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa Aminova mazkur toifadagi musobaqalarda o‘zining dastlabki medaliga ega chiqdi.

Shuningdek, kechagi, 27 fevral kungi musobaqalar doirasida erkaklar o‘rtasida -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Doston Ro‘ziyev bronza medali uchun bellashuvda gruziyalik Luka Gadeliyani mag‘lubiyatga uchratib, bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, kecha, 27 fevralidan boshlangan ushbu musobaqalar 1 mart kunlariga qadar Toshkentda o‘tkaziladi. Unda barcha qit’adan 400 nafarga yaqin sportchi medallar bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent dzyudo “Katta dubulg'a”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing