Shtegen nega “Barselona” sardori?

Sport

image

“Barselona” prezidentining maslahatchisi Enrik Masip darvozabon Mark-Andre ter Shtegen nega jamoa sardori ekanligiga izoh berdi.

“U ko‘p o‘yinlarda boshqa futbolchilarga namuna ko‘rsatadi va shuning uchun u sardorlar safida. Mark “Barselona”da o‘ynashni va klubga yordam berishni xohlaydi. “Barselona”ga sodiqlik so‘z bilan emas, amalda namoyon etiladi. U ko‘pchilik uchun, jumladan yosh futbolchilar uchun ham o‘rnakdir”, deydi Masip

31 yoshli Ter Shtegen Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Nemis darvozaboni 2014 yilning iyul oyida “Barselona”ga ko‘chib o‘tgandi. Ter Shtegenning transferi uchun kataloniyaliklar 12 million yevro to‘lagan. 

Ta’kidlash joiz, germaniyalik posbon kataloniyaliklarning vitse-sardori hisoblanadi. Serxio Roberto esa asosiy sardor vazifasini bajaradi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Enrik Masip Mark-Andre ter Shtegen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing