Shtab va SSVning bayonotlari yana bir-birini rad etyapti. Koronavirusdan o‘lim bo‘yicha asl vaziyat qanday?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar 423 nafarga yetdi. Biroq, odamlar orasida Sog‘liqni saqlash vazirligi kasallik, jumladan o‘lim holatlarini yashirayotgani haqida gap so‘zlar tarqalmoqda. Bu to‘g‘rimi? 

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva javob qaytardi.

“Agar bemorda koronavirus infeksiyasi tashxisi tasdiqlangan bo‘lsa va ular ushbu infeksiya asoratidan vafot etgan bo‘lsa, ular koronavirusdan o‘lgan bemorlar ro‘yxatiga qo‘shiladi. 

Agar bemorda koronavirus infeksiyasi fonida xayoti davomida orttirgan surunkali kasalliklari yoki hayotga xavf soluvchi patologiyalar asorati natijasida vafot etgan bo‘lsa, unda o‘lim sababi sifatida asosiy kasallik ko‘rsatiladi”, deydi Nurullayeva. 

Shtab a’zosining fikrlarini qayta-qayta o‘qib ham tushunish qiyin. Asli bu hayotda kim sog‘lom? Hammaning u yoki bu kasalligi bor. Bu jihatdan qarasangiz koronavirus fonida istalgan odam vafot etishi mumkin. Bundan chiqdi ular koronavirusdan vafot etganlar qatoriga kirmaydi, shundaymi? 

Sog‘liqni saqlash vazirligi bugungacha koronavirusdan vafot etgan bemorlarning u yoki bu yo‘ldosh kasalligi bo‘lgani va ular koronavirus infeksiyasi fonida vafot etganini iddao qiladi. Xo‘sh, nega SSV va shtab a’zosi Nargiza Nurullayevaning javobida o‘zaro mutanosiblik qayerda? 

Bu shtab a’zolari va SSVning bayonotlari bir-biriga to‘g‘ri kelmayotgan birinchi holat emas. Avval ham shunga o‘xshash hodisani dezinfeksion tunnellar masalasida kuzatdik. SSV dezinfeksion tunnellar samarasizligini aytib chiqqandan bir kun o‘tib shtab a’zosi Rustam Ikromov SSVning bayonotiga qarshi chiqdi. Oxir-oqibat ushbu tunnelarni muomaladan chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilindi


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

384

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing