Shri-Lankada birdaniga 6 ta terakt! 185 qurbon, 500 nafar jabrlanuvchi bor
Olam
−
21 aprel 2019
7356Bugun, 21 aprel kuni katolik pasxa bayrami kuni Shri-Lankada ketma-ket 6 ta portlash yuz berdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Terakt deb aytilayotgan portlashlar mamlakat poytaxti Kolombo shahri markazidagi “Shangri-La”, “Sinnamon Grand” va Kingsberi mehmonxonalarida, katolik cherkovida sodir etilgan.
Qolaversa, portlashlarning yana ikkitasi ayni shu vaqtda poytaxt yaqin Negombo va Battikaloa shaharlaridagi cherkovlarda amalga oshirilgan. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, portlashlar oqibatida 185 kishi kishi qurbon bo‘lgan. Ular soni soat sayin ortmoqda. Jarohatlanganlar esa 500 nafardan ziyod.
Qayd etishlaricha, portlashlar sodir etilgan vaqtda ibodatxonalarda pasxa bayrami munosabati bilan ibodatlar o‘tkazilayotgan bo‘lgan.
Mazkur holat bo‘yicha mamlakat Bosh vaziri shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi. Mamlakatda pasxa bayrami tadbirlari bekor qilindi.
Darvoqe, qurbonlarning 35 nafari chet el fuqarolari.
Ayni vaqtda mamlakatdagi barcha bayram tadbirlari bekor qilingan. Shri-Lanka bosh vaziri shoshilinch hukumat yig‘ilishini chaqirgan.
LiveBarchasi