Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
19 fevral 2019 8919 1 daqiqa
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashevning (16-0, 14 KO) navbatdagi jangi muddati aniq bo‘ldi
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ergashev o‘zining 17-jangini joriy yilning 13 aprel kuni o‘tkazadi. Bellashuv AQSHning Nyu-Jersi shtati Atlantik Siti shahrida joylashgan Boardwalk Hall arenasida bo‘lib bo‘lib o‘tadi. Kechaning asosiy jangida ayollar o‘rtasida super o‘rta vazn toifasining bir yo‘la to‘rtta kamari uchun bahs o‘tkaziladi.
Hozircha Ergashevning raqibi kim bo‘lishi ma’lum emas. Sportchi tez orada bu borada ham ma’lumot berishini ma’lum qilgan. Jang 10 raundga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev so‘nggi marta 15 fevral kuni amerikalik Maykal Foksga (19-1, 5KO) qarshi ringga chiqqan va unda ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025