Shoygu va Kim Chen In Pxenyanda uchrashdi
Olam
−
13 Sentabr
5624Pxenyanda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
“13 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu boshchiligidagi delegatsiya Pxenyanda bo‘ldi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida davom etayotgan strategik muloqot doirasida koreyalik hamkasblarimiz bilan ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar yuzasidan mazmunli fikr almashildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Shoyguni KXDR davlat ishlari bo‘yicha raisi Kim Chen In qabul qilgan.
“Pxenyandagi uchrashuvlar Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning joriy yil iyun oyida Pxenyanga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarga muvofiq o‘ta ishonchli, do‘stona muhitda o‘tdi. Ular o‘zlari imzolagan har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitim qoidalarini amalga oshirishga muhim hissa qo‘shadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Shoygu Eronga borib, mamlakatning yangi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashgan edi.
LiveBarchasi