Shoygu Putinga Marinka egallanganini aytdi. Kiyev esa buni rad etmoqda
Olam
−
26 dekabr 2023
8755Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu mamlakat Prezidenti Vladimir Putinga Rossiya qo‘shinlari Donetsk janubi-g‘arbidagi Marinka shahrini to‘liq nazoratga olganini ma’lum qildi. Bu haqda Kreml saytida e’lon qilingan rasmiy bayonotda so‘z boradi.
Shoyguning aytishicha, shaharning qo‘lga olinishi Ukraina qurolli kuchlarining imkoniyatlarini pasaytiradi va Rossiya harbiylariga Donetskni yanada samaraliroq “himoya qilish” imkonini beradi.
"Muhimi shundaki, biz artilleriya ishini Donetskdan uzoqroqqa, g‘arbga sezilarli darajada ko‘chirdik", deydi Shoygu.
Putin esa Marinka ustidan nazorat Ukraina Qurolli Kuchlarining jangovar bo‘linmalarini orqaga surishga va Rossiyaga “kengroq faoliyat maydoniga” kirishiga rozi bo‘ldi. Prezident 2014 yildan beri Ukraina Qurolli Kuchlari shaharda mustahkamlangan hudud yaratib, “temir-beton istehkomlar va aloqa o‘tish yo‘llarining katta qismini” qurganini, Rossiya qo‘shinlari esa uni buzishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidlagan. U shaharni egallaganlar davlat mukofotlariga loyiq ekanini aytgan.
O‘z navbatida, Ukraina Qurolli Kuchlari Shoyguning Marinka Rossiya armiyasining to‘liq nazoratiga o‘tgani haqidagi bayonotini rad etdi.
“Hozir harbiylarimiz Marinkaning ma’muriy chegaralarida, ammo shahar butunlay vayron bo‘lgan. Marinkaning to‘liq qo‘lga olinishi haqida gapirish noto‘g‘ri”, deydi Ukraina Qurolli Kuchlarining Taurid yo‘nalishi mudofaa kuchlari qo‘shma matbuot markazi spikeri, polkovnik Aleksandr Shtupun.
LiveBarchasi