Shoygu Kim Chen Inga raketalar va bombardimonchi samolyotlarni ko‘rsatdi (video)

Olam

image

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga Vladivostokda Tinch okeani floti “Marshal Shaposhnikov” fregatini namoyish qildi. Bu haqda bugun, 16 sentyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

“Marshal Shaposhnikov” fregatining raketa tizimlari va artilleriya qurilmalari Vladivostokga tashrif buyurgan KXDR yetakchisi Kim Chen Inga namoyish etildi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Shimoliy Koreya yetakchisiga “Uran” raketa komplekslari va “Kalibr” universal qanotli raketa tizimlari, shuningdek, A-190 100 mm avtomatik artilleriya moslamasi ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, Rossiya Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni admiral Nikolay Yevmenov Kim Chen In va Sergey Shoyguga modernizatsiya qilingan fregat bilan jihozlangan zamonaviy Rossiya dengiz raketa va artilleriya qurollarining xususiyatlari haqida gapirib bergan.

Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, ushbu qurol fregatga zamonaviy suv osti kemalari bilan samarali kurashish, shuningdek, uzoq masofalarda yer usti dushmanlari bilan jang qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, kema qirg‘oq chizig‘idan juda uzoqda joylashgan ob’ektlarga aniq zarbalar berishga qodir.

Shu kuni Shoygu va Kim Chen In Primoredagi Knevich aerodromiga ham tashrif buyurgan. U yerda ularga “Kinjal” gipertovushli raketa tizimi ko‘rsatilgan. Rossiya Aerokosmik kuchlari uzoq masofali aviatsiya qo‘mondoni general-leytenant Sergey Kobilash Kim Chen Inga hozirda “dunyoda o‘xshashi yo‘q” raketa tizimining parvoz ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot bergan.

Shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari va KXDR rahbari Tu-160, Tu-95MS va Tu-22M3 strategik raketa tashuvchi bombardimonchi samolyotlarini ko‘zdan kechirgan.

Shundan so‘ng, Kim Chen In Marinskiy teatrining Primorsk sahnasidagi “Uyqudagi go‘zal” baletiga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 sentyabr kuni Kim Chen In Yuriy Gagarin nomidagi Komsomolsk-Amur aviatsiya zavodining muhandislik markazi va ishlab chiqarish sexlari hamda u yerdagi qiruvchi samolyotlar bilan tanishgandi. U Su-35 qiruvchisining ko‘rgazmali parvozini ham tomosha qilgandi. Joriy yilning iyul oyida Sergey Shoygu Pxenyanga borganida Kim Chen In unga Shimoliy Koreyaning eng so‘nggi uchuvchisiz samolyotlari va qit’alararo ballistik raketalarini ko‘rsatgandi.

Kim Chen Inning Rossiyaga safari va Prezident Vladimir Putin bilan uchrashuvi haqida tayyorlangan videoni QALAMPIR.UZ'ning YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made