Shoygu Eronga bordi

Olam

image

Kecha, 19 sentyabr kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu boshchiligidagi delegatsiya Eron harbiy rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Tehronga yetib bordi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

“Tashrif davomida Rossiya Mudofaa vazirligi delegatsiyasi respublika harbiy rahbariyati bilan bir qator muzokaralar olib boradi”, deyiladi xabarda.

Vazirlikning bildirishicha, tashrif Rossiya-Eron harbiy aloqalarini mustahkamlashga yordam beradi va ikki davlat o‘rtasidagi sheriklikni rivojlantirishda muhim bosqichga aylanadi.

Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi binosida faxriy qorovul rotasi va orkestr ishtirokida Rossiya delegatsiyasini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgan. Shoyguni Bosh shtab boshlig‘i Muhammad Bag‘eriy kutib olgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy o‘z davlati Ukrainadagi mojaroni hal qilishda vositachi bo‘lishga tayyorligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Eron Sergey Shoygu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing