Shoygu Eron Prezidenti bilan uchrashdi
Olam
−
06 avgust
7749Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoyguni qabul qildi va ular ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda IRNA xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv chog‘ida Pezeshkiyon bunday kelishuvlarni amalga oshirishni tezlashtirishga chaqirgan.
“Eron va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qutbli dunyoni ilgari surish bo‘yicha hamkorlik, albatta, global xavfsizlik va tinchlikni rivojlantirishga olib keladi”, degan Prezident.
Shuningdek, Pezeshkiyon Eron Moskva bilan munosabatlarni rivojlantirishga “tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri” sifatida qarashini ta’kidlagan.
O‘z navbatida, Sergey Shoygu Eronni Rossiya uchun “mintaqadagi asosiy va strategik ittifoqchilardan biri” deb atadi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda rivojlanib borayotgani va istiqboli yaxshi ekanini ta’kidladi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Shoygu rejalashtirilgan ishchi safar bilan Eronda. U Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Akbar Ahmadiyon va Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Muhammad Bag‘iriy bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
LiveBarchasi