Shoygu Amerika dronini urib tushirgan uchuvchilarni mukofotladi

Olam

image

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Qora dengiz ustida Amerikaning MQ-9 Reaper dronini urib tushirgan Su-27 uchuvchilariga davlat mukofotini topshirdi. Bu haqda vazirlik Telegram-kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, Shoygu Amerikaning MQ-9 Reaper dronining “maxsus operatsiya” hududi chegaralarini buzishining oldini olgani uchun Su-27 samolyoti uchuvchilarini davlat mukofoti bilan taqdirlagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning razvedkachi MQ-9 droni Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyotlari tomonidan Qora dengizning xalqaro suvlariga urib tushirilgan edi.

Mazkur holat bir yildan beri davom etayotgan urushda Rossiya-AQSH harbiy kuchlarining ilk marotaba to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvi bo‘lgan edi.

Keyinchalik CBS telekanalida dronning urib tushirilishi aks etgan animatsion rolik e’lon qilindi.

Dron qulashi ortidan AQSH va Rossiya Mudofaa vazirlari telefon orqali o‘zaro muloqot qildi. Muloqot AQSH tarafining talabi bilan o‘tkazildi. Unda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu amerikalik mavqedoshi Lloyd Ostinga Amerika dronlarining Qrim qirg‘oqlari bo‘ylab parvozlari provokatsion xarakterga ega ekanini va bunday harakatlar Qora dengiz zonasida keskinlashuvga olib kelishi mumkinligini aytgan.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing