Shoygu Afg‘onistonga bordi
Olam
−
25 noyabr
15545Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi Afg‘onistonga bordi va “Tolibon” muvaqqat hukumati bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul G‘ani Barodar Oxund bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda muvaqqat hukumat bayonot berdi.
Muzokaralarda, xususan, savdo va sanoat vaziri hamda iqtisodiyot vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy va Qori Din Muhammad Hanif, shuningdek, Rossiya Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ishtirok etdi.
Uchrashuvda tomonlar “siyosiy munosabatlarni mustahkamlash”, iqtisodiy hamkorlik, savdo-sotiq va yuklarni tranzit qilish kabi masalalarni muhokama qildi.
Abdul G‘ani Barodar Oxund “Afg‘onistonda xavfsizlik va barqarorlik tiklanishi bilan mamlakat o‘zini mintaqada iqtisodiy hamkorlik markazi sifatida ko‘rayotgani"ni ta’kidladi.
Afg‘oniston muvaqqat hukumati bayonotiga ko‘ra, Shoygu “Afg‘onistondagi siyosat, iqtisod va xavfsizlik sohalaridagi [ijobiy] dinamikani tan olgan”. U, shuningdek, “Rossiyaning Afg‘oniston bilan ikki tomonlama hamkorlik darajasini oshirish niyati”ni e’lon qilgan va "Tolibon"ni Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish rejalarini eslatgan.
“Rossiyalik investorlar va davlat korxonalari Afg‘onistonga tog‘-kon sanoati, transport va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga sarmoya kiritishga qiziqish bildirishdi", deyiladi bayonotda.
LiveBarchasi