O‘zbekiston sentyabrdan 4 davlat bilan muntazam aviaqatnovni tiklamoqchi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Turkiya, BAA, Belarus va Qozog‘iston Respublikasi bilan sentyabr oyidan boshlab, bosqichma-bosqich ravishda muntazam aviaqatnovlarni tiklash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Bunda epidemiologik vaziyat notinch bo‘lgan malakatlardan (qizil) havo kemasi bortiga qabul qilinayotgan yo‘lovchilardan COVID-19 kasalligiga parvozdan oldin 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda faqat PZR (polimera zanjirli reakatsiya) orqali tekshirilib, ko‘rsatgich manfiy deb topilgan ma’lumotnomani taqdim etish talab etiladi. Ma’lumotnoma ingliz yoki rus tillarida bo‘lishi lozim.

“Sariq” hududdan keluvchi yo‘lovchilar Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga Covid-19 kasalligiga PZR tekshiruvi yoki ekspress testi ma’lumotnomasini taqdim etishi kerak.

Avvalroq, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan xorijiy davlatlardan kirish bo‘yicha yangi tartib o‘rnatilgandi.

Unga ko‘ra:

•    sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan (yashil reyslar) — (oxirgi 10 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar karantin nazoratiga olinmaydi;

•    koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan (sariq reyslar) — (oxirgi 10 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida uy karantini nazoratiga olinadi;

•    koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan (qizil reyslar — evakuatsiya reyslari) — O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida karantin nazoratida saqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

aviaqatnov

Baholaganlar

789

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing