“Oskar-2025”. Shov-shuvli “Anora” eng yaxshi film deb topildi
Madaniyat-san’at
−
03 mart
18445AQSHning Los-Anjeles shahrida Amerika kinematografiya san’ati va fanlari akademiyasining 97-“Oskar” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik fohisha qiz haqida ekani iddao qilingan “Anora” filmi g‘olib deb topildi. Bu haqda mukofotning rasmiy saytida e’lon qilindi.
“Oskar-2025” g‘oliblari ro‘yxati:
Eng yaxshi aktyor: Adrian Brodi (“The Brutalist”);
Eng yaxshi aktrisa: Mayki Medison (“Anora”);
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor: Kiran Kalkin (“Haqiqiy og‘riq” (“A Real Pain”));
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa: Zoya Saldanya (“Emilia Pérez”);
Eng yaxshi film: “Anora”;
Eng yaxshi xalqaro film: “Men hali ham shu yerdaman” (“I'm still here”);
Eng yaxshi hujjatli to‘liq metrajli film: “Boshqa yer yo‘q” (“No Other Land”);
Eng yaxshi animatsion badiiy film: “Potok. Yer yuzidagi so‘nggi mushuk”;
Eng yaxshi animatsion qisqa metrajli film: “Sidr soyasida”;
Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film: “Orkestrdagi yagona qiz” (Molli O'Brayn);
Eng yaxshi qisqa metrajli badiiy film: “Men robot emasman”;
Eng yaxshi rejissyor: Shon Beyker (“Anora”);
Eng yaxshi operatorlik ishi: Lol Krouli (“The Brutalist”);
Eng yaxshi original ssenariy: “Anora”;
Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy: “Konklav”;
Eng yaxshi liboslar dizayni: “Yovuz. G‘arb jodugarlari” (Wicked: Part I);
Eng yaxshi grimm va soch turmagi: “Modda” (“The Substance”);
Eng yaxshi vizual effektlar: “Dyuna: Ikkinchi qism”(“Dune: Part Two”);
Eng yaxshi montaj: “Anora”.
Eng yaxshi ovoz: “Dyuna: Ikkinchi qism” (“Dune: Part Two”);
Eng yaxshi film musiqasi: “The Brutalist”;
Eng yaxshi original saundtrek: Daniel Blumberg (“The Brutalist”);
Eng yaxshi badiiy bezak: “Yovuz. G‘arb jodugarlari” (Wicked: Part I);
Eng yaxshi qo‘shiq: El Mal (“Emilia Pérez”).
LiveBarchasi
Trenddagilar

