Shotlandiya Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishgach, YeIga kirishga tayyor – Hamza Yusuf

Olam

image

Shotlandiya Birinchi vaziri Hamza Yusuf mamlakat Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishsa, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga tayyor ekanini aytdi. Bu haqda u bugun, 28 iyun kuni Yevropaning “Politico” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“2016 yilda Shotlandiya aholisining 62 foizi Yevropa Ittifoqida qolish uchun ovoz berdi. Agar 2014 yilda Shotlandiya mustaqilligi bo‘yicha referendum paytida ular 2016 yilda nima bo‘lishini bilishganida, fuqarolarning bu boradagi qarori, shubham yo‘qki, boshqacha bo‘lgan va ular Shotlandiyaning mustaqil davlat bo‘lishi uchun ovoz bergan bo‘lardi”, deb eslaydi Yusuf.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Edinburg mustaqilligi hozirda mamlakat uchun yanada muhimroq, ustuvor vazifaga aylangan. Yevropa Ittifoqining sobiq a’zosi sifatida Shotlandiya Yevropa huquqiy tizimiga amal qilish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega. Bu esa Yevropa blokiga qo‘shilishda boshqa nomzodlar, masalan, Bolqon mamlakatlari bilan solishtirganda sezilarli ustunlik beradi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Hamza Yusuf 2014 yildan buyon bu lavozimda ishlab kelayotgan Nikola Sterjen o‘rniga Shotlandiyaning Birinchi vaziri etib tayinlangan edi. U bu lavozimni egallagan birinchi musulmon hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Shotlandiya Hamza Yusuf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing