Shota Arveladze “Paxtakor” bosh murabbiyligidan ketdi
Sport
−
22 dekabr 2020
7586Toshkentning “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze jamoadan ketdi. Bu haqda u o‘zining Instagram`dagi sahifasida e’lon qildi.
“Bugun “Paxtakor” bosh murabbiyligidan ketdim. Endi klub bosh murabbiyi emasman, ammo doim jamoaning asosiy muxlisi bo‘lib qolaman. Men uchun ajoyib tajriba bo‘ldi va bu yerda fantastik davrni o‘tkazdim. Biz buyuk jamoa bo‘ldik va buni hech qachon unutmayman”, degan Arveladze.
Gruziyalik mutaxassis “Paxtakor”dagi uch yillik faoliyati davomida ikki martadan O‘zbekiston chempionati va Kubogida, bir bor Liga Kubogida g‘olib bo‘ldi.