Shoshilinch axborot! O‘zbekistonda chang-to‘zon ko‘tarilishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

Joriy yilning 4-6 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga Turkmanistondan iliq havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

4-5 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

5-6 martda respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuchli bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

967

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing