Shomurodovning ustozi jarimaga tortildi

Sport

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) “Roma” bosh murabbiyi Klaudio Ranerini Yevropa ligasi pley-off bosqichi doirasida “Portu”ga qarshi o‘yinda hakamlarni tanqid qilgani uchun 20 ming yevro jarimaga tortdi. Bu haqda “Football Italia” xabar berdi.

Shuningdek, o‘sha o‘yin davomida nomaqbul xatti-harakatlari uchun jamoa yana 11 ming yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.

13 fevral kuni bo‘lib o‘tgan o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi. Ikkinchi bo‘limda germaniyalik hakam Tobias Shtiler “Roma” yarim himoyachisi Brayan Kristanteni maydondan chetlatdi. Bu Ranerining g‘azabiga sabab bo‘ldi.

Javob uchrashuvida “Roma” “Portu” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va 1/8 finalga yo‘l oldi. Bu o‘yinda o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov Paulo Dibalaning goliga hammualliflik qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shomurodovning Italiya chempionati oxirgi turidagi o‘yini necha bahoga loyiq ko‘rilgani xabar qilingandi.

3 martga o‘tar kechasi Italiya A Seriyasi 27-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Roma” o‘z uyida “Komo”ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing