“Shomurodovni yaxshi bilaman”. Srechko Katanets Toshkentga yetib keldi

Sport

image

Bugun, 19 avgust kuni sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets Toshkent shahriga yetib keldi. U O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish borasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan muzokaralarning so‘nggi bosqichida ishtirok etadi. Uni O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov kutib oldi.

Katanets Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi va jurnalistlarning bir qator savollariga javob berdi. 

"O‘zbekistonda juda ko‘p kuchli futbolchilar bor. Milliy jamoada har kuni nimadir o‘zgarishi mumkin. O‘zbek futboli haqida gap ketganda hurmat qilishga arziydigan, kuchli futbolchilarga boy jamoa xayolimga keladi. 

Shomurodovni bilaman. Har kuni gazetalarda u haqida o‘qiyman. Italiyada o‘ynaganman va italyan futbolini diqqat bilan kuzatib boraman. Uning “Roma”ga o‘tganidan xabarim bor. Rimda ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi, deb umid qilaman. Shomurodov O‘zbekiston milliy jamoasiga yordam berishi kerak. Eldordan ko‘p narsa kutamiz, chunki u endi top-jamoada. Hozir Mourino bilan ishlaydi. Bu men va milliy jamoa uchun ham muhim bo‘lgan jihat hisoblanadi", deydi Katanets.

Ma’lumot uchun, Srechko Katanets murabbiylik faoliyati davomida BAA, Makedoniya va Iroq terma jamoalarida faoliyat olib borgan. Sloveniya terma jamoasini o‘z tarixida ilk marta Yevropa va Jahon chempionatiga olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

O'FA Ravshan Ermatov Futbol Srechko Katanets Milliy termsa jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Baholaganlar

266

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing