Shomurodov O‘zbekistonning JCHdagi mag‘lubiyati sababini aytdi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyat sabablariga to‘xtaldi. 

Avvalroq, O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichining hal qiluvchi bahsida Kongo DRga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, Jahon chempionatini pley-off yo‘llanmasisiz yakunlagani xabar qilingandi.

“Hammasi psixologiyaga bog‘liq. Hisobda oldinda bo‘lganingizdan keyin ustunlikni saqlab qolish va gol o‘tkazib yubormaslik haqida ko‘proq o‘ylaysiz. Ana shunday paytlarda xatolar yuzaga keladi. Biz to‘pni yaxshi nazorat qila olmadik, keraksiz xatolarga yo‘l qo‘ydik. Menimcha, raqib aynan shu xatolarimizdan unumli foydalandi”,  deydi Shomurodov o‘yindan keyin jurnalistlarga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionati final bosqichida ishtirok etdi. Jamoa guruh bosqichida Kolumbiyaga (1:3), Portugaliyaga (0:5) va Kongo Demokratik Respublikasiga (1:3) mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi ishtirokini guruh bosqichidayoq yakunladi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda va turnir joriy yilning 19 iyul kuni yakunlanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing