Shomurodov Turkiya Superligasi ramziy jamoasiga kirdi
Sport
−
11:33 2385 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Istanbul Bashakshehir” hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining noyabr oyi ramziy jamoasidan o‘rin oldi.
Eldor Shomurodov noyabr oyida “Istanbul Bashakshehir” jamoasi safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi va barcha o‘yinlarda gol urdi. Natijada istanbulliklar noyabr oyidagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, jami 9 ochko yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.
Ayni damda Eldor Shomurodov 11 ta gol bilan “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onuachu bilan birga Turkiya Superligasining eng yaxshi to‘purari bolib turibdi. Keyingi o‘rinda “Galatasaray” forvardi Mauro Ikardi 8 ta gol bilan bormoqda.
Ma’lumot uchun, Turkiya Superligasi turnir jadvalida hozirda “Galatasaroy” 39 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Trabzonspor” 35 ochko bilan ikkinchi, “Fenerbaxche” 33 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. “Istanbul Bashakshehir” esa 20 ochko bilan 8-pog‘onada joylashgan.
Live
Barchasi