Shols jarohatidan so‘ng birinchi marta ko‘z niqobisiz omma oldida paydo bo‘ldi
Olam
−
12 Sentabr 2023
3183Bugun, 12 sentyabr kuni Germaniya kansleri Olaf Shols Sant’Egidio jamoasining xalqaro konferensiyasida nutq so‘zladi va unda ilk bor ko‘z niqobisiz omma oldida paydo bo‘ldi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.
Germaniya kansleri Olaf Shols jarohat olganidan bir hafta o‘tib, ko‘zini yopmasdan yana omma oldiga chiqqan. Ushbu chiqishida hukumat rahbari Berlinda “Tinchlik uchun qaror qabul qilamiz. Dinlar va madaniyatlar muloqotda” shiori ostida o‘tayotgan Sant’Egidio jamoasining uch kunlik xalqaro konferensiyasida nutq so‘zlagan.
Malumot uchun, 65 yoshli siyosatchi taxminan bir hafta oldin Potsdamda yugurish paytida yiqilib jarohat olgan edi. Qo‘riqchilar esa Germaniya kansleriga birinchi yordam ko‘rsatishgan. 4 sentyabr kuni u jarohat olgandan keyingi birinchi suratini o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgandi.
Ommaviy tadbirlarda, jumladan Hindistondagi G20 sammitida u o‘ng ko‘ziga “qora yamoq” kiyib qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya hukumati rahbari sport bilan shug‘ullanayotganda, ya’ni yugurish paytida yuzini urib olgani va kasallik ta’tiliga chiqqanligi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi