Shols YeIni kengaytirish bo‘yicha Makronning taklifini qo‘llab-quvvatladi
Olam
−
29 avgust 2022
5024Germaniya kansleri Olaf Shols Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi hamkorlar bilan yaqinroq muloqot o‘tkazish imkonini beradigan yangi “Yevropa siyosiy hamjamiyatini” yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va unga G‘arbiy Bolqon davlatlari, Gruziya, Moldova va Ukrainani qabul qilish tarafdori ekanini aytdi.
“G‘arbiy Bolqon davlatlari, Ukraina, Moldova va kelajakda Gruziya Yevropa Ittifoqining bir qismi bo‘lishi kerak”, deydi Shols Pragadagi Charlz universitetida so‘zlagan nutqida.
Uning fikricha, bu “Yevropa Ittifoqi manfaatlariga javob beradi”.
“Bunday birlashma – va bu men uchun muhim – Yevropa Ittifoqining yaqinlashib kelayotgan kengayishiga muqobil emas”, deydi kansler yangi siyosiy hamjamiyatni yaratish g‘oyasiga ishora qilib.
Uning fikricha, YeIda Yevroittifoq yetakchilariga yiliga bir yoki ikki marta hamkor davlatlar bilan hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qilish imkonini beradigan forum yo‘q. Bunday masalalar qatorida Shols xavfsizlik, energiya va global isishga qarshi kurashni sanagan.
Yevropa Ittifoqining rivojlanishiga to‘xtalar ekan, Shols muhim xomashyo yetkazib berish masalasida birlashgan Yevropa mustaqilligini mustahkamlash tarafdori ekanini aytdi.
“Bizga Made in Europe 2030 strategiyasi kabi o‘yin rejasi kerak”, dedi kansler.
Yangi “Yevropa siyosiy hamjamiyatini” yaratish g‘oyasi Makron tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, u shu orqali yaqin kelajakda Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish istiqboli yo‘q bo‘lgan davlatlar bilan hamkorlikni yaxshilashni istaydi. Fransiya rahbari Ukrainani ana shunday davlatlar qatoriga kiritgan.
LiveBarchasi