Shols Trampni xudbinlikda aybladi
Olam
−
04 fevral 7625 2 daqiqa
Germaniya kansleri Olaf Shols AQSH Prezidenti Donald Trampning Ukrainaning moliyaviy yordam evaziga AQSHga noyob tuproq metallarini yetkazib berishi haqidagi talabini tanqid qildi. Bu haqda u kecha, 3 fevral kuni kechqurun Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqining norasmiy mudofaa sammitidan so‘ng gapirdi.
“Urushdan keyin zarur bo‘ladigan hamma narsani moliyalashtirish uchun biz ushbu mamlakat resurslaridan foydalanishimiz kerak”, degan Shols.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir pulni mudofaani qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatish “o‘ta ketgan xudbinlik” bo‘ladi.
Shols kelajakda Ukrainaga kuchli armiya, shuningdek, mamlakatni qayta tiklash uchun mablag‘ kerak bo‘lishini ta’kidladi.
“Ukrainada ro‘y berayotgan ulkan vayronagarchilikni hisobga olsak, bular katta vazifalardir. Shuning uchun ham Ukraina resurslaridan yaxshi kelajak uchun foydalanilsa yaxshi bo‘lardi, deb o‘ylayman”, deydi Germaniya kansleri.
Avvalroq Tramp Ukraina AQSHga noyob tuproq metallarini yetkazib berishga va’da bersa, unga yordam ko‘rsatishda davom etishini aytgan edi.
Oq uy rahbari Kiyevdan Vashingtonga resurslar yetkazib berishni xohlaydimi, degan savolga AQSH Prezidenti ijobiy javob berib, nodir yer metallarini yetkazib berish bo‘yicha “kafolatga ega bo‘lishni” istayotganini ta’kidladi va Ukraina bunga allaqachon tayyor ekanini ko‘rsatdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Vashingtondan ko‘rsatilgan yordam uchun Kiyevning “deyarli 300 milliard dollar tovon to‘lashini” istaydi.
G‘arb davlatlarining Ukrainaning noyob tuproq metallariga kirishi Vladimir Zelenskiyning “g‘alaba rejasi”ning nuqtalaridan biridir. U Kiyevni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar uchun “sarmoya daromadini ta’minlashga” va’da berdi va Ukrainaning tabiiy resurslari, jumladan, “trillionlab dollarlik muhim metallar” haqida gapirdi. Ular orasida uran, titan, litiy, grafit bor. Zelenskiy ushbu rejani Trampga 2024 yilning sentyabrida Nyu-Yorkdagi uchrashuvda taqdim etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 fevral kuni Germaniya kansleri Olaf Shols London yaqinidagi Chekers rasmiy qarorgohida Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan uchrashdi. Shols va Starmer Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va’da berdi.
Live
Barchasi