Shols Putin unga tahdid qilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Olam

image

Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya Prezidenti Vladimir Putin go‘yoki u bilan ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida Ukrainadagi mojaroni kengaytirish bilan tahdid qilgani haqidagi OAVda tarqalgan xabarlarni yolg‘on deb atadi.

“Uzrli sabablarga ko‘ra, men Rossiya Prezidenti bilan bo‘lgan suhbatlar mazmunini keltirmayman. Ammo, bir narsa: bu suhbatlar davomida tahdid bo‘lgani haqidagi men o‘qigan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, dedi Shols “Welt am Sonntag” gazetasiga bergan intervyusida, tegishli savolga javob berib.

Oldinroq Olaf Shols rus gazi va neftiga yuqori narx joriy etish xavfi haqida ogohlantirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “yuqori narx” bo‘yicha siyosiy qaror Yevropada energiya resurslari taqchilligiga olib kelishi mumkin, chunki yoqilg‘i ishlab chiqaruvchilar uni o‘zlariga yanada qulay shartlarda sotishga o‘tishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Putin va Shols so‘nggi marta joriy yilning 15 fevral kuni yuzma-yuz uchrashgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Olaf Shol'ts

Baholaganlar

520

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing