“Shols kolbasa emas”. Germaniyada Ukraina elchisini haydash talab qilinmoqda
Olam
−
04 may 2022
22112Germaniyaning Bundestag federal parlamenti deputati Sevim Dagdalen Ukraina elchisi Andrey Melnikni Olaf Sholsni “xafa bo‘lgan kolbasa” deb atagani uchun mamlakatdan chiqarib yuborishni talab qildi. Bu haqda u Twitter sahifasida yozib qoldirgan.
“Natsizm tarafdori bo‘lgan Melnikni kim mamlakatdan chiqarib yubormasa, u hurmatini yo‘qotadi”, deydi Dagdalen.
Erkin Demokratik partiya vitse-prezidenti Volfgang Kubitski ham Germaniya kanslerining yonini olib, maydonga chiqqan.
“Olaf Shols kolbasa emas, u Germaniya Federativ Respublikasi kansleri, Melnik buni hurmat qilishi kerak”, deydi u.
Germaniya Xristian Demokratik Ittifoqi fraksiyasi raisi o‘rinbosari Iogan Vadeful, o‘z navbatida, Melnikning ritorikasini noo‘rin va asossiz deb atagan.
Vadefulning so‘zlariga ko‘ra, Melnikning bunday hatti-harakati Ukraina bilan birdamlikni mustahkamlashga hissa qo‘shmaydi.
“Hattoki shunday og‘ir vaziyatlarda ham diplomatik vakillar nemis rasmiylariga nisbatan o‘zini to‘g‘ri tutishi kerak. Melnikning bayonotlari Ukrainaga yordam bermaydi”, deya ta’kidlagan siyosatchi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda Germaniya rahbari Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashishdan bosh tortgandi. Bunga Shtaynmayerning Rossiya bilan yaxshi munosabatlari sabab bo‘lgan.
Shundan so‘ng, Germaniya kansleri Olaf Shols Vladimir Zelenskiy Kiyevda GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerni qabul qilishdan bosh tortgani uchun sobiq Sovet respublikasiga tashrif buyurmayotganini ma’lum qilgandi.
Ukrainaning Berlindagi elchisi Andrey Melnik esa bunga javoban, Germaniya kanslerini “hafa bo‘lgan kolbasa” deb atagandi.
LiveBarchasi