Shols Bayden bilan uchrashishga oshiqmoqda
Olam
−
07 fevral 2022
6060Rossiya va Xitoyning NATOga qarshi birlashishi ortidan Fransiya Prezidant Emmanuel Makron hamda Germaniya kansler Olaf Shols Rossiya rahbart Putin bilan uchrashishi haqida xabar bergan edik. Bugun, 7 fevral kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Rossiya rahbari bilan uchrashish uchun Moskvada bo‘lib turibdi.
GFR Kansleri Olaf Sholsning Rossiya tashrifi 14 fevral kuniga rejalashtirilgan. Putin bilan uchrashishdan avval u Vashintonga rasmiy safarni amalga oshiradi.
Bildirilishicha, bugun Oq uyda Germaniya Kansleri Olaf Shols va AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Shols rahbarlikka saylanganidan buyon birinchi marta Bayden bilan uchrashmoqda.
Oq uyda tomonlar Rossiya-Ukraina mojarosini muhokama qilib, Germaniyaning NATOga a’zo davlat sifatida, mintaqa tinchligini ta’minlashdagi sa’y-harakatlari haqida muzokaralar o‘tkazadi.
Yillar davomida Berlin Vashingtonning Yevropadagi eng yaqin ittifoqchisi hisoblanib kelgan. Ammo, Ukraina xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat jiddiylashib borayotgan bir paytda, Berlinning Kiyevga harbiy ko‘mak ko‘rsatishdan bosh tortishi AQSH-Germaniya munosabatlarini so‘roq ostiga olmoqda.
“Biz NATOga eng katta harbiy yordam ko‘rsatayotgan davlatmiz. Ukraina xavfsizligini ta’minlash borasida Litvaga qo‘shin kiritdik. Biz Kiyevga harbiy emas iqtisodiy yordam berishni ma’qul ko‘ramiz”, degan Shols AQSHga safari oldidan.
Ma’lum qilinishicha, Makron va Shols Moskvaga AQSH hamda NATO nomidan Rossiya-Ukraina mojarosini diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun vakil bo‘lib kelmoqda.
GFR rahbari Moskvadan keyin 15 fevral kuni Ukrainaga tashrif buyurishi belgilangan. Makron esa ayni vaqtda Kremlda Putin bilan muloqot o‘tkazmoqda.
LiveBarchasi