Shokoladning yurak va miyaga ta’siri qanday?

Foydali

image

Shokolad iste’mol qilish yurak va miyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda parhezshunoslar Kortni Danjelo va Trista Best “ Eat This, Not That” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, eng foydalisi qora shokolad hisoblanadi. Chunki, uning tarkibida yurakka ijobiy ta’sir qiladigan flavanoid antioksidantlarga boy kakao miqdori ko‘p.

“Antioksidantlar yurakdagi qon aylanishini yaxshilaydi, qon quyqalari xavfini kamaytiradi va hatto qon bosimini pasaytiradi. O‘rtacha miqdorda shokolad insult va yurak xastaliklari xavfini kamaytiradi”, deydi Danjelo.

Mutaxassis shokolad iste’mol qilish stressni kamaytirishini ta’kidladi, ammo shakar tarkibiga e’tibor qaratdi. Ratsionda shakar miqdorining ortishi bilan tashvish va tushkunlik hissi paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, shokoladni ortiqcha iste’mol qilish meva iste’mol qilish istagiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Shu bilan birga ushbu mahsulot miya va uning kognitiv funksiyalarini yaxshilashga yordam beradi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

711

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing