“Shoxidamas bargida”. Fransiya “Hizbulloh”ga qarshi Livan armiyasini qurollantiradimi?

Olam

image

Fransiya Livan armiyasiga o‘nlab zirhli texnika jo‘natadi. Bu haqda Fransiya Mudofaa vaziri Sebastyan Lekornu "L'Orient Le Jour" gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Fransiya Mudofaa vaziri Livan muvaqqat Bosh vaziri Najib Mikati bilan mamlakat milliy armiyasini kuchaytirish masalasini muhokama qilgan.  Nashrga ko‘ra, Livan janubidagi "Hizbulloh"ning Isroil bilan ochiq to‘qnashuvlarga kirish ehtimoli ortib borayotgan bir paytda, Livan armiyasining kuchayishi muhim ahamiyatga ega.

"Biz harbiy texnik hamkorlikni davom ettiramiz, xususan, patrul xizmatini saqlash uchun zarur bo‘lgan zirhli transport vositalarini yetkazib beramiz", deydi Sebastyan Lekornu.

Vazir shuningdek, bunday texnikalar qo‘shinni kerakli manzilga xavfsiz ko‘chirish uchun zamonaviy urushlarda asqotishiga ham to‘xtalgan. U yaqin orada Livan armiyasiga xuddi shunday o‘nlab zirhli mashinalar yetkazib berilishini qayd etgan.

Parij shuningdek, Livan bilan dori-darmon va tibbiy buyumlar ta’minoti bo‘yicha qo‘shma hamkorlik dasturini ham imzolamoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Livan "Hizbulloh"

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing