Shoir Faxriyor “xushomadgo‘y” uyushma a’zoligidan chiqqanini e’lon qildi
Jamiyat
−
26 dekabr
9773Shoir va tarjimon Faxriyor (Faxriddin Nizomov) O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zoligidan chiqqanini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Facebook sahifasida yozdi.
“Muhtaram Sirojiddin Sayyid, men bugundan e’tiboran O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zoligidan chiqqanimni e’lon qilaman va a’zolik biletini olib borib topshiraman – keragi yo‘q”, deydi shoir.
Ijodkorning yozishicha, uni shu paytgacha uyushmaga poliklinika bog‘lab turgan, lekin oxirgi marta allaqanday virus yuqtirib olgani sabab shifoxonaga borganida shoirni davolashni istashmagan va “hatto antibiotik yozib berishni ham o‘zlariga ravo ko‘rishmagan”.
“Oldin menga uyushmaning hokimiyatga xushomadgo‘yligi yoqmayotgan edi. Endi topshiriq berilgan, shekilli, davolashni ham istashmayapti. Omon bo‘ling. Barcha imtiyozlaringiz o‘zingizga va atrofingizdagi xushomadgo‘ylarga siylov”, deya so‘zini yakunlagan Faxriyor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning qaroriga muvofiq O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid “Hurmat” ordeni bilan taqdirlangan edi.
LiveBarchasi