Shofirkon tumani hokimi o‘zgardi
Jamiyat
−
10 fevral 2020 15870 1 daqiqa
Bugun, 8 fevral kuni Buxoro viloyati, Shofirkon tumani hokimligida xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sessiyada viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev so‘zga chiqib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha mutasaddilar oldida turgan vazifalar xususida so‘z yuritdi.

Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining roziligi bilan Hakimov Shukrullo Xayrullayevich nomzodi Shofirkon tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shukrullo Hakimov 1984 yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan, Toshkent Moliya institutini tamomlagan.
Yig‘ilishda sessiya vakolatiga doir boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025