Shodmonov JSST Bosh direktori bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Daniyaning Kopengagen shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy qo‘mitasining 69-sessiyasi o‘z ishini boshladi. 

Unda JSSTning Yevropa mintaqasidagi 53 ta a’zo davlatdan 500 dan ziyod nufuzli vakillar va sog‘liqni saqlash vazirlari ishtirok etishmoqda. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashmoqda.

Sessiya davomida “Salomatlik – 2020” dasturi doirasida ko‘plab ijobiy ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratilib, shundan kelib chiqqan holda 2030 yilgacha barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlar: salomatlik borasidagi huquqlar, umumiy sog‘liqni saqlash qamrovi, tenglik, aholiga yo‘naltirilgan tibbiyot tizimlari, farovonlik yo‘lida salbiy ta’sirlarga qarshi kurashish kabi istiqboldagi qator muhim vazifalar belgilab olinishi ko‘zda tutilgan.

Tadbir doirasida Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Gebreyesus bilan uchrashdi. O‘zaro muloqotda O‘zbekistonda sog‘iqni saqlash sohasidagi islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. JSST Bosh direktori O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tanlangan strategiyasi va tajribasini yuqori baholadi. 

Sessiya doirasida Sog‘liqni saqlash vaziri Shodmonov  O‘zbekistonda “Salomatlik – 2020” dasturini amalga oshirishda to‘plangan tajribalarga bag‘ishlangan muhokamalarda ishtirok etishi ham rejalashtirilgan.

Shuningdek, tadbir doirasida Yevropa mintaqasiga a’zo davlatlar vakillarining yashirin ovoz berish yo‘li bilan JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosining yangi direktori saylanishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, Yevropa mintaqaviy byurosi direktori a’zo davlatlar tomonidan taqdim etilgan nomzodlar orasidan besh yil muddatga saylanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Shodmonov JSST Tedros Gebreyesus

Baholaganlar

13

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing