Shohjahon Ergashevning pichoqlangani ma’lum bo‘ldi (video)

Sport

image

Joriy yilning 26 noyabr tongida Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) kamari uchun jang qilgan o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev jang oldidan juda jiddiy jarohati bo‘lganligini aytdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Ergashev aprel oyida Rossiyada notanish kimsalar tomonidan pichoqlab ketilgan. 

“Pichoqlanganim oqibatida jangda oyog‘im shishib ketdi va 2-raunddan keyin o‘zimni boshqara olmay qoldim. Asosiysi hozir sog‘lig‘im yaxshi. Hali hammasini o‘z o‘rniga qaytaraman”, deydi Ergashev videoda.

Ergashevga ko‘ra, unga tiqilgan pichoqning uzunligi 7 santimetr bo‘lgan. 

Ta’kidlash joiz, Ergashev Matiasga qarshi jangda faoliyatidagi 1-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Shu vaqtga qadar u profboksda 23 ta g‘alaba qayd etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev boks Matias

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing