Shohjahon Ergashev chempionlik jangidan quruq qoldimi?

Sport

image

Super yengil vazn toifasida IBF kamari sohibi puyerto-rikolik Sabriyel Matias birinchi himoya jangini sobiq jahon chempioniga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda Sabriyel o‘z Instagram sahifasda ma’lum qildi.

“Hammaga xayrli kun. Men tez orada sobiq jahon chempioniga qarshi birinchi himoya jangini o‘tkazaman”, deydi Matias.

Ma’lumot uchun, Matias profboksda 20 ta jang o‘tkazib, 19 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Puyerto-rikolik bokschi oxirgi jangini argentinalik Ieremiya Ponsega qarshi o‘tkazib, g‘alabaga erishgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev IBF chempionlik kamari uchun Matiasga qarshi jang qilishi, reytingda top-15 ni band etgan hech qaysi bokschi Ergashev bilan jang qilishni istamayotgani xabar qilingandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shohjahon Ergashev boks

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing