Shlotterbek JCHning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi
Sport
−
22 iyun 955 1 daqiqa
Germaniya terma jamoasi himoyachisi Niko Shlotterbek 2026 yilgi Jahon chempionatining qolgan qismida maydonga tushmaydi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi Kot-d’Ivuarga qarshi uchrashuvda (2:1) jarohat olganidan so‘ng qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Tekshiruvlar natijasida uning tizzasidagi medial bog‘lam yorilgani aniqlangan.
Xabarlarga ko‘ra, Shlotterbekning to‘liq sog‘ayib ketishi kutilmoqda, ammo u mundialning qolgan o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi.
Ma’lumot uchun, Kot-d’Ivuarga qarshi bahsning 13-daqiqasida jarohat olgan himoyachi og‘riq qoldiruvchi vositalar ta’sirida birinchi bo‘lim oxirigacha harakat qildi. Tanaffusdan so‘ng uning o‘rnini Antonio Ryudiger egalladi.
Ma’lumot uchun, Germaniya terma jamoasi guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini 25 iyun kuni Ekvadorga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi Kot-d’Ivuarga qarshi uchrashuvdagi g‘alaba ortidan 12 yillik tanaffusdan so‘ng Jahon chempionatlari pley-off bosqichi masalasini hal qilgandi.
Live
Barchasi