“Shimoliy oqim” gaz quvuridagi portlashlar sababi aytildi

Olam

image

“Shimoliy oqim” gaz quvurlaridan gaz sizishiga olib kelgan portlashga qasddan rejalashtirilgan sabotaj sabab bo‘lgani taxmin qilinyapti. Daniya va Polsha rasmiylari shunday fikrni ilgari surmoqda.

“Tegishli idoralarning bahosi endi bir ma’noga ega – bu oldindan o‘ylangan harakatlar natijasidir. Bu tasodifiy tasodif emas”, dedi Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen va rasmiylarda “bularning barchasi ortida kim turgani haqida hali hech qanday ma’lumot yo‘q” dedi.

Bundan oldin mamlakat rasmiylari tergov olib borayotgani va “ba’zi ma’lumotlar sabotaj ehtimoli borligini ko‘rsatayotgani” xabar qilingandi.

Daniya iqlim va energetika vaziri Dan Yorgensen geologlarning gaz quvurlarida portlashlar sodir bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarini tasdiqlab, quvurlar tubida chuqur joylashgani va po‘lat va betondan ishlanganini va sizib chiqayotgan joylarning o‘lchami bu baxtsiz hodisa bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidladi.

Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Ann Linde ijtimoiy tarmoqda yozishicha, Daniya va Shvetsiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonalaridagi “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim 2”da gaz sizib chiqishi portlashlar oqibati bo‘lgan, ehtimol sabotaj tufayli sodir bo‘lgan.

“Biz hozircha nima bo‘lganligi tafsilotlarini bilmaymiz, ammo bu yerda qo‘poruvchilik harakati sodir bo‘lganini aniq ko‘rmoqdamiz”, deydi Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetski.

“Der Spiegel” nashrining yozishicha, AQSHning Markaziy razvedka boshqarmasi yozdayoq Germaniya hukumatini boltiq dengizidagi gaz quvurlariga ehtimoliy hujumdan ogohlantirgan.

Shvetsiya milliy seysmik tarmog‘i (SNSN) birinchi portlashni 26 sentyabrga o‘tar kechasi, ikkinchi portlashni esa o‘sha kuni kechqurun qayd etgan. Ulardan birining magnitudasi 2,3 ballga teng bo‘lgan. 

“To‘lqinlarning pastdan yer yuzasiga qanday otilib chiqqanini aniq ko‘rishingiz mumkin. Bu portlashlar ekanligiga shubha yo‘q”, deydi SNSN seysmologi Byorn Lund.

Potsdamdagi Geofizika tadqiqot markazi (Geoforschungszentrum, GFZ) tomonidan ikkita suv osti turtkisi ham qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 sentyabr kuni bir necha soat ichida “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2”ga quvurida uchta qochqin aniqlandi. Ulardan birinchisi Daniyaning Bornxolm oroli yaqinidagi “Shimoliy oqim-2”da aniqlangan. Keyin “Shimoliy oqim”da ikkita sizish qayd etildi. Daniya energetika agentligi dengizga katta miqdorda gaz tushgani haqida xabar berdi. Samolyotlar va kemalarning hodisa sodir bo‘lgan joyga besh dengiz milidan yaqinroq kelishi taqiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

750

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing