“Shimoliy Oqim – 2” borasida Bayden va Shols bir to‘xtamga kelolmayapti

Olam

image
Putin Ukrainaga hujum qilmaslikka va’da berdi – Makron north_east

Putin Ukrainaga hujum qilmaslikka va’da berdi – Makron

Xabar berib borayotganimizdek, Rossiya-Ukraina mojarosini muhokama qilish uchun Germaniyaning yangi saylangan Kansleri Olaf Shols AQSHga birinchi rasmiy safarini amalga oshirmoqda. AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuvdan keyin, Shols Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun 14 fevral kuni Moskada bo‘ladi. 

Kecha, 7 fevral kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan Bayden va Shols o‘rtasidagi uchrashuv ko‘tarinki ruhda o‘tgani va tomonlar ko‘plab muhim masalalar borasida yechimga erishgani bildirilmoqda. 

Ammo, Vashington va Berlin o‘rtasida bir masala yuzasidan qarashlar xilma xilligicha qolmoqda. U ham bo‘lsa, Rossiya va Germaniya o‘rtasida amalga oshrilayotgan “Shimoliy Oqim – 2” gaz quvurini yotqizish loyihasidir.

GFR rahbari CNN telekanaliga bergan intervyusida “Gaz quvurlari bilan bog‘liq loyiha haqidagi qarashlarda o‘rtamizda katta tafovut bor”, deya bildirgan. 

AQSH esa Rossiya Ukrainaga hujum qiladigan bo‘lsa, “Shimoliy Oqim – 2” loyihasi taqa-taq to‘xtatilishi haqida ogohlantirib kelmoqda.

Ukrainani chetlab o‘tib, Boltiq dengizi bo‘ylab yotqizilgan gaz quvurlari loyihasi, energatika tizimi Rossiya gaziga o‘ta muhtoj bo‘lgan Germaniya uchun juda muhim hisoblanadi. 

Muzokaralar davomida Bayden “Agar Rossiya hujum qiladigan bo‘lsa, yana rus harbiylari va tanklari chegarani bosib o‘tsa, hech qanday “Shimoliy Oqim – 2 bo‘lmaydi. Biz unga nuqta qo‘yamiz”, deya bildirgan.  

Hozircha muzokaralar yakuni bo‘yicha tomonlarning rasmiy bayonoti e’lon qilingani yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, NATOga a’zo Yevropadagi yana bir davlat, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham Rossiya-Ukraina mojarosi yuzasidan kecha, 7 fevral kuni Prezident Putin bilan uchrashgan.

Muzokaralarning davomi sifatida, Makron Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ham uchrashish uchun Kiyevda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

233

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing