Shimoliy Koreyada jaziramada it sho‘rvasi ichish tavsiya qilindi
Olam
−
15:16 1040 2 daqiqa
Shimoliy Koreyada rekord darajadagi jazirama fonida davlat ommaviy axborot vositalari fuqarolarga issiqqa qarshi it go‘shtidan tayyorlangan sho‘rva iste’mol qilishni tavsiya qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Koreya yarim orolida havo harorati keskin ko‘tarilgan. Shimoliy Koreya davlat televideniyesi mamlakatda havo harorati 36,7 darajagacha yetganini ma’lum qilgan. Bu meteorologik kuzatuvlar boshlanganidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich ekani aytilmoqda.
Davlat OAVlari yilning eng issiq davri hisoblangan sambok, ya’ni “yozning it kunlari” mavzusiga alohida e’tibor qaratib, fuqarolarga turli taomlarni tavsiya qilmoqda. Ular orasida it go‘shtidan tayyorlangan sho‘rva ham bor. Mahalliy an’anaga ko‘ra, ushbu taom organizmga jazirama issiqni yengishga yordam beradi.
Shimoliy Koreya davlat ommaviy axborot vositalari fuqarolarga jazirama davrida tarvuz, bodring va mosh kabi salqinlashtiruvchi mahsulotlar bilan bir qatorda it go‘shtidan tayyorlangan sho‘rva, baliq bo‘tqasi, qizil loviya bo‘tqasi hamda jenshen, yopishqoq guruch va xurmo bilan tayyorlanadigan samgetang tovuq sho‘rvasini iste’mol qilishni tavsiya qilgan. Shuningdek, ko‘proq suyuqlik ichish, suzish va ochiq havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish tavsiya etilgan.
Rasmiy axborot manbalari it go‘shtidan tayyorlangan sho‘rvani an’anaviy yozgi taom sifatida targ‘ib qilib, jazirama kunlarida uni iste’mol qilish foydali ekanini ta’kidlagan. Shuningdek, joriy yil boshida mamlakatda it go‘shtidan taom tayyorlash bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazilgani ma’lum qilingan.
Bundan tashqari, fuqarolarga ko‘proq suyuqlik ichish, suzish va ochiq havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish tavsiya etilgan. Shimoliy Koreya issiqlik bilan bog‘liq o‘limlar haqida ma’lumot bermagan, Janubiy Koreyada esa jazirama oqibatida 20 dan ortiq kishi vafot etgani xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyada so‘nggi bir asrdan ortiq vaqt ichidagi eng yuqori harorat qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi