Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi

Olam

image

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi. Bu haqda harbiylarga tayanib “Yonhap” agentligi xabar berdi.

“Shimoliy Koreya Yaponiya dengiziga noma’lum ballistik raketa uchirdi”, deyiladi xabarda.

Yaponiya Mudofaa vazirligi parvoz masofasi 400 kilometrni, maksimal balandligi esa 50 kilometrni tashkil etganini ma’lum qildi.

Janubiy Koreya Birlashgan shtabi Qo‘shma Shtatlar bilan sodir bo‘lgan voqea tafsilotlarini birgalikda tahlil qilishini e’lon qildi.

“Bu safar Shimoliy Koreyaning qisqa masofali ballistik raketasi 600 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tgani, maksimal parvoz balandligi taxminan 60 kilometrni tashkil etgani, tezligi taxminan besh machni tashkil etgani qayd etildi”, deyiladi agentlik xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In sentyabr oyi boshida mamlakatning yadrosizlanishi bo‘yicha muzokaralardan voz kechishini e’lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, KXDR o‘zining yadroviy davlat ekanligini qonuniy jihatdan mustahkamlab qo‘ydi va yadro quroli bo‘yicha har qanday qaror qabul qilish huquqi faqat mamlakat rahbari Kim Chen Inga berildi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing